

Bu haqda Fransiya Bosh vaziri Eduard Filipp ma'lum qildi.
“Quyoshli kunlarda sportning ayrim turlari bilan masofani saqlagan holda ochiq xavoda shug'ullanish mumkindir. Biroq, yopiq inshootlarda, shuningdek, muntazam aloqada bo'luvchi va jamoaviy sport turlarida esa bu imkonsiz”, deydi Filipp.
Shu tariqa, Fransiyada futbol bahslari sentyabrgacha qaytmaydi. Joriy mavsum chempioni, shuningdek, quyi divizionga tushib ketadiganlar aniqlanishi haqida hozircha rasmiy ma'lumot yo'q.
Avvalroq, Fransiya 4 divizioni hamda undan quyi ligalarda ham mavsum yakunlangani haqda xabar berilgandi.



