Breaking! Abbos Fayzullaev Turkiya klubidan taklif oldi

Sherzod Nurmatov
19 iyun 2025, 17:52
O'zbekiston terma jamoasi va SSKA klubi hujumkor yarim himoyachisi Abbos Fayzullaev faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Ertan Syuzgyun xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Istanbul Bashakshehir" Fayzullaev transferi bo'yicha Moskva klubiga rasmiy taklif bilan chiqqan.

21 yoshli Fayzullaev o'tgan mavsum SSKA tarkibida 39 o'yinda qatnashib, 3 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgandi. Transfermarkt portali uni 8 million evroga baholagan.

Avvalroq "Istanbul Bashakshehir" "Roma" bilan O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov bo'yicha muzokara olib borayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/ertansuzgun