Braziliyalik va argentinalik futbolchilar BAA fuqaroligini qabul qilishdi

Alisher
20 yanv 2020, 17:11
BAA chempionatida ishtirok etayotgan ikki futbolchi mamlakat fuqaroligini qabul qildi.

Bular "Al Ayn" o'yinchisi Kayyo Kanedo Korrea va "Al Vahda" o'yinchisi Sebastyan Talyabulardir. 

Talyabu 2013 yildan beri Abu Dabining "Al Vahda" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Kayyo Kanedo Korrea esa BAAda 2014 yildan beri faoliyat olib bormoqda. U "Al Ayn"ga qadar "Al Vasl" klubida o'ynagan.

Ushbu futbolchilar BAA fuqaroligini qabul qilishdi va OCHL uchun qaydnomada mahalliy o'yinchilar sifatida ro'yxatdan o'tishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia