Braziliyada Neymarning o'rnini kim egallashi e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
7 iyun 2019
Xabaringiz bor, Braziliya terma jamoasi forvardi Neymar jarohati sabab yaqinlashib kelayotgan Amerika Kubogini (Copa America) o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

Uning tarkibdagi o'rnini to'ldirish maqsadida Chelsi hujumchisi Villian chaqirildi. Avvalroq, Neymar oyog'idagi jarohati jiddiyligi haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar qilgandi. 

Eslatib o'tamiz, bo'lajak musobaqa 15 iyunda boshlanadi va 7 iyulga qadar davom etadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: cbf.com