Braziliya - Xorvatiya uchrashuvidan matnli translyatsiya

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2014
Tunda futbol muxlislari uchun ajoyib bayram boshlanadi.
Braziliyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatining ochilish marosimi hamda dastlabki o'yini bo'lib o'tadi.

Saytimiz orqali mundialning barcha-barcha o'yinini onlayn matnli translyatsiya qilishni rejalashtirganmiz.

Bugun ilk bahs o'quvchilar hukmiga taqdim etiladi. Matnli translyatsiya imkon qadar qiziqarli olib boriladi. To'rt yillik bayramni biz bilan birga o'tkazing.

Aytgancha, o'yinlar tugagach darhol uxlab qolmang. Uchrashuvlarning matbuot anjumani, foto va videolari ham tezkorlik bilan taqdim etiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia