Braziliya TJni boshqarishga da'vogar ikki mutaxassis nomi ma'lum

Eldor Akmurzayev
12 dek 2022, 09:00
JCH-2022'dagi omadsizlikdan keyin Tite iste'foga chiqarilgandi.

Braziliya futbol konfederatsiyasi hozirda ikki nomzodning variantini o'rganmoqda va tashkilot rahbari Ednaldo Rodriges yaqin orada “Fenerbahche” bosh murabbiy Jorje Jezush hamda “Palmeyras” ustozi Abel Ferreyra bilan muzokara olib boradi.

Turk klubi Jezushni qo'yib yuborishni xohlamayapti. “Palmeyras” esa Ferreyraga BFK bilan muzokara o'tkazishiga ruxsat berdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Ekremkonur