

"Braziliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida 25 yoshli futbolchi ikkinchi bo'lim avvalida jarohat olib, maydonni tark etishiga to'g'ri keldi. Ma'lum qilinishicha, u oyog'ining son qismini jarohatlab olgan.
"Jarhot qanchalik jiddiy ekani ma'lum emas. Biroq uning "Vilyareal"ga qarshi o'yindagi ishtiroki so'roq ostida.
Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda "qirollik klubi" Luka Modrich, Isko, Marselo va Krishtianu Ronaldu xizmatlaridan foydalana olmaydi.


