Braziliya futbol konfederatsiyasi Diego Kostani Ispaniyaga bermadi

Narzulla Saydullayev
15 okt 2013, 13:13
Braziliya futbol Konfederatsiyasi (BFK) Ispaniya futbol Federatsiyasiga ochiq xat yo'lladi.
Unda "Atletiko" hujumchisi Diego Kosta Ispaniya terma jamoasida ishtirok etishi mumkin emasligi haqida gap boradi, deb xabar bermoqda Goal.com.

BFKning xabariga ko'ra Kosta Braziliya terma jamoasi safida Italiya va Rossiyaga qarshi ikkita xalqaro o'yinda maydonga tushgan. Bundan tashqari, terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari hujumchini JCH-2014ga chaqirmoqchi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net