Bu haqida Leverkuzen jamoasining sport direktori Rudi Fyoller aytib o'tdi.
- Yulianning jamoamiz safiga kelib qo'shilishi aniq. Ammo bu voqeaning qachon sodir bo'lishi ma'lum emas. Balki u qishdayoq "Bayer" o'yinchisiga aylanar, balki yozda jamoamizga o'tar. Shunisi aniqki, Yulian Brandt endi "Bayer" uchun to'p suradi, - dedi Fyoller.
Aytish lozimki, 17 yosh bo'lsa-da Germaniya U19 terma jamoasining a'zosi sanaladigan Yulian Brandtning "Volfsburg" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yil yozda yakuniga etadi. Istedodli futbolchi esa "bo'rilar" bilan ortiq hamkorlik qilish niyatida emas.