“Brain Ring” davom etadi

Narzulla Saydullayev
19 sen 2016, 14:12
Bilamizki futbolchilarimiz maydonda mahorat bilan to'p tepishadi.

Ushbu loyihamizni amalga oshirishdan asosiy maqsadimiz ularning bilimlari qay darajada ekanligini bilish. Loyihamizda ular o'zlari uchun kerakli bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lishlari mumkin. U qiziqarli o'tishi uchun, birinchi o'rinni egallagan futbolchini “Brain Ring” bilimdoni deb topamiz. “Brain Ring” bilimdoniga esa saytimiz tomonidan diplom va ajoyib sovg'a taqdim etiladi.

Hozirgi kunga kelib “Brain Ring”da 2 nafar futbolchi ishtirok etganidan xabaringiz bor. Loyihamizda finalga qadar 5 nafar futbolchi ishtirok etadi. Ularning qay biri ko'p ball jamg'arsa o'sha ishtirokchi g'olib bo'ladi. Final bosqichi esa 31 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Qolgan ishtirokchilarga omad yor bo'lsin.

Eslatib o'tamiz, loyihamizning keyingi soni oktyabr oyida o'tkaziladi. Tez kunda galdagi ishtirokchining nomini bilib olasiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia