

OFK rasmiy sayti boshqa qitada o'ynayotgan eng yaxshi osiyolik futbolchi sovriniga da'vogar bo'lgan uch nafar o'yinchi nomini e'lon qildi.
Unga ko'ra Yaponiya terma jamoasi hamda Angliyaning "Lester" klubi hujumchisi Shinji Okazaki, Yaponiya terma jamoasi va Germaniyaning "Borussiya D" yarim himoyachisi Shinji Kagava, Janubiy Koreya terma jamoasi hamda Angliyaning "Tottenxem" klubi hujumchisi Son Xen Min ushbu sovrin uchun kurash olib borishadi.
Qizig'i 2012 yilda Kagava, 2015 yilda Son Xen Min ushbu sovrinni qo'lga kiritishgan edi.



