“Borussiya” Sanchoni katta summaga sotib, uning o'rniga “Chelsi” hujumchisini olib kelmoqchi

Aslanov Jasurbek
21 mar 2019, 23:14
“Borussiya D” hujumchisi Jeydon Sancho mavsum yakunlaganidan keyin klubni tark etishi kutilmoqda.

The Mirrorʼning xabar berishicha, rahbariyat futbolchini 100 mln. evro mablag' evaziga transfer qilish niyatida. Agar Sancho klubdan ketadigan bo'lsa, unda “arilar” Londonning “Chelsi” jamoasi a'zosi Kallum Xadson-Odoi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi.

Eslatib o'tamiz, Sanchoning borussiyaliklar bilan kelishuvi 2022-yilning yozigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Mirror