Borussiya – Legiya (8:4) – YCHL tarixiga kirdi

Narzulla Saydullayev
23 noya 2016
Borussiya D va Legiya (8:4) uchrashuvida jamoalar jami 12ta gol urib rekord qayd etishdi.

Musobaqaning oldingi rekordi Monako va Deportivo o'rtasidagi bahsda qayd etilgandi. 2003 yilda o'tgan bahsda 8:3 hisobi qayd etilgandi.

Bundan tashqari YCHL tarixida ilk bor birinchi bo'limda 7ta gol urildi.

Borussiya 16 daqiqa ichida 5ta gol urdi va YCHLning yana bir rekordini yangiladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com