“Borussiya D”ning yangi futbolchisida o'simta aniqlandi

Eldor Akmurzayev
19 iyul 2022, 07:55
“Ayaks”dan “Borussiya D”ga o'tgan Sebastyan Alle mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida qatnasholmaydi.

28 yoshli forvard mashg'ulotlardan keyin o'zini yomon his etgan. Tibbiy tekshiruvlar natijasida uning urug'donida o'simta aniqlangan. Yaqin orada u qayta tekshiruvdan o'tadi.

Eslatib o'tamiz, dortmundliklar ivuarlik hujumchini 31 mln evro evaziga xarid qilishgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: bvb.de