"Borussiya D" "Manchester Yunayted" hujumchisiga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
17 yanv 2023, 10:45
"Qizil iblislar" tarbiyalanuvchisi deyarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti.

"Manchester Yunayted" hujumchisi Entoni Elanga Dortmundning "Borussiya"siga o'tishi mumkin, deb xabar berdi "TalkSport". Qolaversa, 20 yoshli vingerga "Bornmut" yoki "Everton"dan ko'ra nemis klubi ko'proq yoqadi. Negaki, "Borussiya" muntazam ravishda Chempionlar Ligasida, jumladan, ushbu turnirning pley-off bosqichida o'ynaydi.

Elanga o'tgan mavsum 21 ta o'yinda maydonda 1200 daqiqadan ko'proq vaqt o'tkazib,  2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shvetsiyalik futbolchi joriy mavsum 13 ta o'yinda 1 ta assist qayd etdi. Elanga "Manchester Yunayted" tuzilmasidagi yana bir yosh iqtidor egasi Alexandro Garnachoga raqobatni boy berdi.

Shu bilan birga, "qizil iblislar" hamon 20 yoshli futbolchiga umid bildirmoqda. "Manchester Yunayted" Elanganing "Borussiya"ga o'tishiga faqat o'z hujum chizig'i etarli darajada kuchli deb hisoblagan taqdirdagina rozilik beradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSport