"Borussiya D" Bellingem uchun 150 mln talab qiladi

Sherzod Nurmatov
21 sen 2022, 17:34
Dortmund klubi kelasi yozda Jud Bellingemni sotadigan bo'lsa, nomzodlar 131,4 mln funt (150 mln evro) to'lashga tayyor bo'lishi kerak.

Manbalarning ma'lum qilishicha, nemis giganti 19 yoshli futbolchi uchun uzun da'vogarlar ro'yxatidan xalos bo'lish uchun yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Agar u yangi shartlar asosidagi bitim imzolashga ko'nmaydigan taqdirda ingliz futbolchisi uchun rekord darajadagi mablag' talab qilinadi.

"Liverpul" keng ko'lamli muzokaralar olib bordi va kelajakdagi xarid uchun poydevor qurdi. Shu tufayli klub o'smirni sotib olish uchun kurashda g'olib chiqishiga ishonmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic