"Borussiya" 35 mln. evro evaziga Lukakuni xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
18 apr 2016, 16:41
"Everton" hujumchisi Romelu Lukaku faoliyatini Dortmundning "Borussiya"sida davom ettirishi mumkin.

22 yoshli futbolchiga nemis klubi avval ham qiziqish bildirgan edi, ammo hozirda "Borussiya" belgiyalikni xarid qilishga jiddiy kirishgan. Klubdagilar "Everton" bilan 35 mln. evro evaziga kelishmoqchi. Lukakuning transferi va Mario Gyotcening qaytishi jamoa yetakchilarini klub bilan shartnoma uzaytirishga ko'ndirishi mumkin. Shunday qilib, "arilar" rahbarlari nafaqat tarkibni kuchaytirish, balki yetakchilarni ham saqlab qolishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ruhr Nachrichten