
Filmning nomi "Birgalikda hammasini uddalaymiz". 6 yil oldin klubdan professional nomi olib qo'yilishi mumkin edi, ammo "Bornmut" 2 liga o'yinida "Grimsbi"ni mag'lubiyatga uchratib chetlatishdan qutilib qoladi. 6 mavsum davomida "Bornmut" Angliyaning eng past ligalarida o'ynab, chempionship g'olibiga aylandi. Keyingi mavsumda klub 125 yoshini nishonlaydi va ilk marotaba yuqori ligada ishtirok etadi.