Bolalar futboli. Navoiyda “O'FA Kubogi” musobaqasi bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2018, 16:10
Navoiy viloyati Karmana tumanida 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Kubogi uchun musobaqa o'tkazildi.

“Yoshlik” stadionida o'tgan mazkur musobaqada “Uyrot”, “Azamat-1”, Azamat-2”, “Yoshlik”, “Beshkent”, “Arg'un” jamoalari o'zaro kurash olib borishdi.

Musobaqa finalida “Uyrot” va “Azamat” jamoalari kuch sinashishdi va finalda 2:0 hisobida g'olib chiqqan “Azamat” jamoasi O'FA Kubogi g'olibi bo'ldi.

G'oliblariga O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan sertifikat, futbolka va futbol to'plari topshirildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com