Bobir Abdixoliqov: "Ertangi o'yinga 100% tayyormiz"

Оқил Абдубарноев
20 fev 2024, 21:09
OCHL 1/8 finalidan o'rin olgan "Al Ayn" - "Nasaf" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va futbolchi Bobir Abdixoliqov ishtirok etdi.

“Ertangi javob uchrashuvidan oldin biz yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. G'alaba uchun bor kuchimizni beramiz, muxlislarimizni xursand qilamiz degan umiddaman. Ertangi o'yinga yuz foiz tayyormiz” - dedi "Nasaf" hujumchisi.

Eslatib o'tamiz, mazkur bahs ertaga Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати