Boatengni Gretsiya chempionatiga taklif qilishmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
11 okt 2023, 15:42
35 yoshli himoyachi Jerom Boateng Gretsiya chempionatidan taklif oldi.

Futbolchi ma'lum muddat "Bavariya" mashg'ulotlarida qatnashdi, ammo yakunda klub bilan shartnoma imzolamadi. 

Tajribali himoyachi yozdan buyon erkin agent hisoblanadi. Boatengning oxirgi jamoasi Fransiyaning "Lion" klubi edi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: todomercadoweb.es