

“Klopp shubhasiz dunyoning eng yaxshi murabbiyi. Unda murabbiy uchun barcha zarur xislatlar mujassam. Uning qo'l ostida to'p tepgan futbolchilardan so'rang ularni javobi shunday bo'ladi: “Klopp eng zo'r murabbiy, men u uchun hamma narsaga tayyorman”.
Dortmundda shunday futbolchilar bor ediki, yarim yil davomida atigi 5 daqiqa maydonga tushishgan. Ammo ularning barchasi murabbiydan rozi edi. Kloppning mashg'ulotlarida har bir futbolchi yuqori ishtiyoq bilan shug'ullanar, har biri futbolchi jamoaning muhim qismi ekanligiga ishonardi. Shu sabab u jahondagi muvaffaqiyatli murabbiylardan biri hisoblanadi”, deydi Kevin.



