Boateng "Barselona"ga o'tishga yaqin

Mirjalol Normatov
21 yanv 2019, 17:15
"Sassuolo" yarim himoyachisi Kevin-Prins Boateng faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

Italiyalik jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, 31 yoshli xavbek Kataloniya jamoasiga o'tishga yaqin turibdi.

"Ko'k-anorranglilar" futbolchini 8 million evroga sotib olish uchun "Sassuolo" bilan kelishib oldi.

Boateng bu mavsum Italiya chempionatida 13 o'yinda qatnashdi va 4 gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal