BML. Beshinchi tur

Narzulla Saydullayev
24 sen 2015, 16:55
Yangi saytdagi ilk BML kubogining beshinchi turi bo'lib o'tdi.

Musobaqa jadvali 24 soat ichida e'tiboringizga havola etiladi.

DIQQAT! Bu safar o'zgarish qilinadi. Savollar mazkur sahifada har 5 daqiqada berib boriladi.
Qoidalar bilan tanishtirib o'tamiz:

  •   Chat qilmaslik.
  •   Flud (bitta gapni qayta-qayta) qoldirmaslik.
  •   "CA" tomonidan javob berilganidan so'ng qoldirilgan javoblar inobatga olinmaydi.
  •   O'quvchining birinchi javobi qabul qilinadi.
  •   Javob bergan o'quvchi tomonidan qoldiriladigan keyingi har qanday fikr o'chiriladi.



Qonun-qoidaga amal qilmagan o'quvchi 24 soatga blok qilinadi.

Har bir savolga 5 daqiqa vaqt beriladi! Savolga birinchi to'g'ri javob bergan ishtirokchiga 2, qolgan to'g'ri javob berganlarga 1 ochkodan beriladi.


SAVOL #1: 17:00 - 17:05 (vaqt) -  2003 yil (aynan 2003 yil) Fransiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatining ochilish uchrashuvida Fransiya terma jamoasi safida bironta ham kal futbolchi bo'lmagan. Bunga nima sabab bo'lganini aniq aytib bering.
Javob #1: Sababi bu ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati edi.

SAVOL #2: 17:05 - 17:10 (vaqt) -  "Bafana-Bafana" terma jamoasining JCH-2010dagi ilk golini qaysi futbolchi urgan?
Javob #2: Sifive Tshabalala. Bafana-Bafana JAR terma jamoasi laqabi.

SAVOL #3: 17:10 - 17:15 (vaqt) -  Gretsiyalik Sokratis Papastatopulos Kosta-Rika terma jamoasi darvozasiga gol urib Jahon chempionatlari rekordchisiga aylandi. Papastatopulos aynan qanday rekordni o'rnatdi?
Javob #3: Ingliz yozuvida Papastatopulos 16 ta harfdan iborat. Yani u Jahon chempionatlari final bosqichida gol urgan eng uzun familiyalik futbolchiga aylangan.

SAVOL #4: 17:15 - 17:20 (vaqt) -  JCH-2014da darvoza ustun va to'sinlarini eng ko'p 6 marta poylagan terma jamoa qaysi bo'lgan?
Javob #4: Fransiya

SAVOL #5: 17:20 - 17:25 (vaqt) -  "...Gol ursa olsak baxtlimiz, qiyin vaziyatlarda jamoaga juda zarur golni ursak, ikki karra baxtlimiz...". Bu Penalty loyihasining qaysi mehmoni tomonidan aytilgan?
Javob #5: Igor Sergeev

Barcha qatnashganlarga rahmat. Musobaqa jadvali 24 soat ichida e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia