Biz Nasafdan kutmagan edik

Nadirkhuja Yuldashev
19 iyul 2013, 14:24
Barchamizga ma'lumki, Nasafning o'tgan 2012 yildagi omadsiz yurishidan so'ng oz emas, naqd 10 nafar yetakchi futbolchi jamoani tark etdi.


Bular, Murod Zuhurov, Vladimir Shishelov, Fozil Musaev, Ivan Boshkovich, Andrey Pereplyotkin, Boyan Malishich, Aleksandr Petrovich, Nosir Otaqo'ziev, Shuxrat Mirxoldirshoev va Shavkat Raimqulovlardir. Bir ahamiyat bering, tarkibdan bunday yetakchi o'yinchilarning jamoani tark etgandan so'ng Nasaf muxlislarining ko'nglidan birdek, endi jamoamiz 5-6 o'rinlarga tushib ketadi degan o'y-xayollar o'tgan bo'lsa, neajab. Bunaqa katta yo'qotishlardan so'ng haqiqitni tan olib aytamanki, bunday ketma-ket g'alabali yurishlarni biz Nasafdan kutmagan edik.

Buni qaranki, jamoni o'tgan mavsumning oxirlarida murabbiylik lavozimini Nasaf jamoamizning sobiq jonkuyar o'yinchisi hamda sobiq murabbiyi lavozimlarida faoliyat olib borgan Ro'ziqul Berdievga ishonib topshirildi. Ro'ziqul Berdievning ulkan mehnati, tajribasi va yoshlarga bergan ishonchini bemalol o'zini oqladi deyish mumkin.

Ro'ziqul Berdiev Nasaf jamoasi tarkibida eng ko'p, yani 314 marta maydonga tushgan o'yinchi sifatida ham jamoa tarixida o'z ismini muhrlab qo'ygan. 2013 yil mavsum o'rtalarida murabbiylar tarkibiga kelib qo'shilgan Nasafning sobiq to'purur xujumchi Zafar Xolmurodovning tashrifi biz muxlislarga quvonch bag'ishladi. Zafar Xolmurodov ham Nasaf jamoai tarixida 181 ajoyib goli bilan u ham o'z ismini qoldirgan. Biz, Nasaf muxlislari, Ro'ziqul Berdiev va Zafar Xolmurodovning tajribalariga ishonamiz.

2013 yilning may va iyun oylari laureatlari deb Artur Gevorkyan va Ro'ziqul Berdievning topilishi biz muxlislarga olam-olam quvonch bag'ishladi. Haqiqatdan ham, Nasaf jamoasidagi katta mehnatlar o'z samarasini bermoqda.

Nasafning muxlislari sevimli jamoalarini doimo yaqindan qo'llab kelishadi. Stadionda muxlislarning tashrifi ham shiddatli o'smoqda. Sevimli jamoamizdan biz muxlislar O'zbekiston kubogi va chempionatimizning eng yuqori o'rinlarni egallashini, keyingi yilda OCHL o'yinlarida qatnashishini tilab qolamiz.


Nasaf muxlislari nomidan
Shuhrat Qurbonov


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia