

Mazkur seminarda o'yin davomida uchraydigan turli vaziyatlar, epizodlar, jumladan, to'pni qo'l bilan o'ynash, taktik follar, o'yin jarayoni, o'yindan tashqari holat, shuningdek, hakamlar va ularning yordamchilarining poziciyalari va harakatlari kabi ko'plab muhim epizodlar bo'yicha FIFAning eng so'nggi qo'llanmalari bo'yicha muloqot bo'lib o'tadi.
Seminarni OFK instruktori Farhod Abdullaev hamda FIFA referisi Vladislav Seytlin olib boradi.
Seminarda OAV vakillari ham ishtirok etishlari mumkin. Mashg'ulotlar 3 iyul kuni 09:00da boshlanadi.



