Birinchi bo'limdagi falokat

Абдулвосит Бектемиров
14 noya 2024
Hozirgina O'zbekiston - Qatar uchrashuvining birinchi bo'limi yakunlandi.

Terma jamoamiz dastlabki bo'limda ikkita gol o'tkazib yubordi. Eldor Shomurodov va Otabek Shukurovlar jarohat olishdi. O'zbekiston terma jamoasi nomli "samolyot" hozircha turbulent zonada. Srechko Katanets ikkinchi bo'limda vaziyatni o'zgartirishi kerak. Shukurov jarohati sababli zaxiraga olinishi, uning o'rniga hujumkor futbolchi maydonga tushishi kerak.

Endi ikkinchi bo'limda Qatar pragmatikroq o'yin namoyish etsa kerak. Ushbu vaziyatdan qanday o'nglash esa Katanetsga bog'liq masala.

Terma jamoamiz ikkinchi bo'limda vaziyatni o'zgartira oladimi?



Abdulvosit Bektemirov


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: