Bir qator Yevropa klublari Grinvudga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
19 fev 2026
Yevropa klublari "Marsel" jamoasi vingeri Meyson Grinvudni safiga qo'shib olishni juda istamoqda.

Ular futbolchining istedodini yuqori baholaydi.

"The Touchline" xabariga ko'ra, 24 yoshli ingliz futbolchisini jiddiy tarzda istaydigan klublar bu borada to'liq maxfiylikda harakat qilmoqda.

Qayd etilishicha, bu klublar hozircha nomini oshkor qilmaslikka qatiy qaror qilgan va jamoatchilikda har qanday bog'liqlik yoki ularning futbolchiga qiziqishini ko'rsatadigan xabarlar tarqalmasligi uchun vaziyatni faqat parda ortida o'rganmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Touchline