

Mazkur qaror asosida xususiylashtirish sohasida qilinishi kerak bo'lgan qator amaliy ishlar belgilandi. Jumladan, ommaviy savdolar orqali to'liqligicha sotiladigan 1001 ta korxonaning akciya paketlari (ulushlari) ro'yxati tasdiqlandi.
Qarorga ko'ra, Ular orasida bir qancha futbol klublarini ham ko'rish mumkin. Bular – "Buxoro", "Nasaf", "Mashal", "Lokomotiv", OKMK, "Metallurg", "Bunyodkor", "Sho'rtan", "Navbahor", "Dinamo" va "Paxtakor".
Alohida aytish joiz, nomlari keltirilgan jamoalarning 100 foiz ulushi sotuvga qo'yilgan.



