Ertaga esa yana to'rtta uchrashuv bo'lib o'tadi. PFL tomonidan chiqarilgan bu yilgi reglamentga bir qator o'zgarishlar kiritilgan. Shulardan biri oliy ligada ishlaydigan hakamlar oladigan pul bilan bog'liq bo'lib, ularga to'lanadigan pul miqdori haminqadar oshgan.
Masalan, o'tgan yil bosh hakamlar oliy ligada boshqargan har bir o'yin uchun 1 mln. 200 ming so'mdan pul olishgan bo'lsa, bu yil ushbu summa 200 mingga oshdi. Endilikda oliy liga o'yinlarini boshqaradigan har bir hakamga PFL tomonidan 1 mln. 400 ming so'm to'lanadi. Qanot hakamlariga 750 ming so'mdan (har biriga) berilsa, zaxiradagi hakam 180 ming so'm oladi. Uchrashuv nazoratchisi, shuningdek komissar (yani, PFL xodimi)ga bir xil 600 ming so'mdan haq to'lanadi.