Beylning safga qaytishi to'rt haftaga cho'zilishi mumkin

6 yanv 2019, 08:46
Madridning “Real” klubi hujumchisi Garet Beyl jarohati bois bir oy maydonga tusha olmaydi, deya xabar bermoqda AS nashri.

Nashr xabariga ko'ra, chap oyog'idan olgan jarohati jiddiyroq bo'lib chiqqan. Ilgariroq u 10-15 kunda safga qaytishi aytilgandi.

Eslatib o'tamiz, bu Beylning qirollik klubi safida to'p tepayotganidan buyon olgan 22-jarohatidir. U yiliga o'rtacha besh martadan jarohatlanib, jamoadoshlariga yordam bera olmagan.

29 yoshli Beyl 2013 yil “Tottenhem”da “Real”ga 101 million evro evaziga ko'chib o'tgandi. Joriy mavsumda u Ispaniya chempionatida 15 ta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol urdi va ikki bor jamoadoshlarining gollariga hammuallifliq qildi. Uning qirollik klubi bilan shartnomasi 2022 yilning yozida nihoyasiga etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS