​Beylning “Real”dagi gollari soni 99 taga etdi

28 yanv 2019, 08:55
La Liga 21-turi doirasida “Real” a'zosi safarda “Espanol” darvozasini ishg'ol qildi.

Jarohatdan tiklanib safga qaytgan Garet Beyl “Espanol”ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida maydonga tushib, 67-daqiqada o'z hisobida bitta golni yozdirib qo'ydi. Bu 29 yoshli futbolchi uchun “Real” safida 99-gol bo'ldi.

Beyl joriy mavsum “Real” safida La Liga bahslarida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS