Beylning agenti: "U APLga qaytishi mumkin"

Mirjalol Normatov
17 may 2022
"Real" futbolchisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozining futboldagi kelajagi haqida gapirdi.

- U "Real"dan ketadi. Uels termasidagi kelajagi haqida gapiradigan bo'lsam, barchasi termaning JCH-2022ga chiqishiga bog'liq. O'shanda barchasi aniq bo'ladi.

- Uning Angliyaga qaytish extimoli bormi?

- Menimcha, ha. Biroq ko'ramiz, barchasi hozir Uels termasining mundialga chiqishiga bog'liq.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal