"Real" Beyl borasida yakuniy qarorni qabul qildi

Aslanov Jasurbek
27 mar 2019, 11:44
"Real" hujumchisi Garet Beylning jamoadagi taqdiri deyarli hal bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres va jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan futbolchini sotib yuborishga qaror qilishdi. Futbolchining xohishidan qatiy nazar qaror o'zgarmaydi.

"Real" Beyl transferidan katta mablag' ishlab, bu pullarni boshqa futbolchilar xarid qilishga sarflamoqchi. Biroq hozircha na Beyl va na uning agenti bu haqida klubdan ma'lumot olgani yo'q.

29 yoshli Beyl 2013 yilning yozida 101 mln. evro evaziga "Tottenxem"dan "Real"ga o'tgan edi. Joriy mavsum u LaLiganing 22ta uchrashuvida maydonga tushib, 7ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS