Beyl Lopetegi bilan suhbatlashdi va qaror qabul qildi

Aslanov Jasurbek
17 iyul 2018, 16:35
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl "Qirollik klubi"da qolishga qaror qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, xavbek dushanba kuni "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bilan uchrashdi va suhbatlashdi.

Ispaniyalik mutaxassis Beylni Krishtianu Ronaldu ketganidan so'ng asosiy rolda bo'lishiga ishontirdi.

Lopetegi uelslikka uning iqtidori muxlisi ekanligini va yangi mavsumda unga ishonch bildirayotganligini aytdi.

Oldinroq, futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani uchun "Real"ni tark etmoqchiligi haqida xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph