Beyl “Inter”ga qarshi maydonga tusha olmasligi mumkin

12 sen 2021, 07:03
“Real” yarim himoyachisi Garet Beyl La Liga 4-turi doirasida “Selta”ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmasligi mumkin.

As nashri tarqatgan xabarlarga ko'ra, uelslik futbolchi o'ng oyog'ining son qismida muammolar kuzatilgan. Jamoasining kechagi mashg'ulotlari chog'ida u o'zini noqulay his qilgan va muddatidan oldin mashg'ulotlarni yakunlagan.

Katta ehtimol bilan futbolchi YCHL doirasida 15 sentyabr kuni “Inter”ga qarshi bo'ladigan uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Joriy mavsumda Beyl “Real” va Uels termasi tarkibida jami 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: As