Beyl: "Bolaligimda Anrining o'yinlarini ko'rishni yoqtirardim"

Aslanov Jasurbek
23 mar 2019, 17:01
"Real" hujumchisi Garet Beyl bolaligida "Arsenal" klubiga muxlislik qilganini aytib berdi.

"Bolaligimda ko'pincha "Arsenal" o'yinlarini tomosha qilardim. Menga Terri Anri va Dennis Bergkampning o'yinini kuzatish yoqardi. Ularning jamoasi kuchli bo'lgan. "Tottenxem" muxlislari bu gaplarimni eshitib xursand bo'lishmasa kerak.

Giggz menga katta ta’sir ko'rsatgan - u bolaligim qahramoni edi. Albatta, u uelslik va chap oyoqda o'ynagan, shu sababli u kabi bo'lishga harakat qilganman. Endi u mening murabbiyim" - deydi Beyl.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail