"Betis" hujumchi Borxa Iglesias bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
28 dek 2021, 12:01
"Betis" va hujumchi Borxa Iglesias shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishishdi.

Yangi bitim 2026 yilga qadar mo'ljallangan, bu haqda Sevilya klubi rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda.

28 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 22ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi "Betis"ga 2019 yili "Espanol"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: realbetisbalompie.es