

24 yoshli o'yinchi klub bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Bitim esa 5 million funtga imzolandi. Shuningdek, "shporlar" o'yinchining keyingi sotuvidan ma'lum bir foiz olishadi.
Fransiyalik o'yinchi "Tottexem"dan tashqari "Nant", "Marsel", "Byornli" va "Monako" klublarida o'ynagan.
Eslatib o'tamiz, Nkudu "Nant" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.



