"Beshiktosh" sport direktori: "Shomurodov bo'yicha "Roma" bilan iyunda uchrashgan edik"

Alisher
28 avg 2022, 19:10
"Beshiktosh" "Roma" va O'zbekiston terma jamoasi forvardi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirgan.

Muzokaralar haqida "qora burgutlar" sport direktori Jeyxun Kazanchi gapirib berdi.

"Roma" bilan iyunda uchrashgandik. Ammo, keyinchalik boshqa forvardni xarid qildik. Yana bir nafar hujumchi kerak emas. "Beshiktosh" o'yinchiga xarid qilish huquqi bilan bir yillik ijara taklif qilgandi", - deydi Kazanchi.

O'zbekistonlik forvard "Roma"ga o'tgan yilning avgustida "Jenoa"dan 18 million evro evaziga o'tgan edi. Hujumchi o'tgan mavsum klub safida 39ta o'yinda 5ta gol va 6ta assist qayd etdi.

Shomurodovning "Roma" bilan shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: eurostavka.ru