Besh nafar "Man Siti" futbolchisi Gvardioladan norozi

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2023, 21:59
"Manchester Siti" tarkibidagi muhim o'yinchilardan beshtasi jamoa bosh murabbiyiga qarshi.

Ular mavsum oxirida jamoani tark etishga tayyorliklarini bildirgan. "Shaharliklar" APL turnir jadvalida bitta zaxira o'yiniga ega bo'lgan "Arsenal"dan 5 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda. "Siti"ning sobiq yordamchi murabbiyi Mikel Arteta boshqaruvidagi "to'pchilar" to'xtovsiz oldinlamoqda. 

So'nggi xabarlarga ko'ra, "Etixad" ichkarisida muhit unchalik yaxshimasga o'xshaydi. "El Chiringuito" telekanalida jamoa o'yinchilari Ilkay Gyundogan, Joau Kanselu, Kayl Uoker, Emerik Lyaport va Bernardu Silva Gvardioladan norozi ekani ma'lum qilindi. Bu besh futbolchi klubni arzon narxga tark etishi mumkin. Bunga darhol "Barsa" tomonidan qiziqish bo'lgan. Yuqorida sanalgan futbolchilar vaziyatdan norozi va chiday olmasliklarini bildirgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Football365