

Oldinroq, 28 yoshli portugaliyalikning faoliyatini "Barselona" yoki PSJda davom ettirishi mumkinligi aytilgan edi.
"Klubda baxtliman va "Manchester Siti"ga yordam berish uchun barchasini qilaman. Hozirda shu yerda o'z ishimga e'tiborimni qaratganman", - deydi Silva.
Kecha, "Manchester Siti"ning Silvani jamoada saqlab qolish uchun maoshini ikki barabar ko'targan holda, yangi maosh taklif qilmoqchi ekani aytilgan edi.



