Bernardu kelajagi borasida qaror qabul qildi

Aslanov Jasurbek
7 avg 2023, 20:45
Bernardu Silva faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi bo'yicha bir qarorga keldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi portugaliyalikni 50 mln. evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi bo'lgan, ammo "shaharliklar" taklifga rad javobini berishdi.

Futbolchi "Manchester Siti" bilan yangi bitimga imzo chekishga qaror qildi. Bernardu Silva va uning yaqinlari "Barselona" hozirgacha rasmiy taklif yubormaganidan g'azabda.

Shunga qaramay Bernardu yana bir ikki kun Kataloniya klubi taklifini kutishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo