Bernard Angliyaning Top klubiga o'tmoqda

Aziz Tukhtamuradov
17 iyul 2018, 00:51
“Shaxtyor” klubining sobiq yarim himoyachisi Bernard Angliya Premer-ligasi klublarining biriga o'tishga yaqin turibdi.

Braziliyalik 25 yoshli futbolchi “Arsenal”, “Liverpul” va “Everton” klublaridan birini tanlashi kerak. Aynan mana shu uch jamoa Bernardni o'z safida ko'rish istagini bildirgan. 

Eslatib o'tamiz, Bernard “Shaxtyor”ni ozod agent sifatida tark etgandi. O'tgan mavsumda u “konchilar” tarkibida 29ta uchrashuvda maydonga tushib, 10ta gol kiritishga va 4ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'lgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif