Berluskoni: "Muxlislardan ko'ra "Milan"ga ko'proq men jon kuydiraman, chunki, jamoaga pulni men ajrataman"

Aziz Tukhtamuradov
12 may 2014, 21:16
"Milan" jamoasi prezidenti Silvio Berluskoni Balotelli borasida va klub kelajagi haqida gapirib o'tdi.

"Biz dunyoning eng sovrindor jamoalaridan biri hisoblanamiz. Yangi "Milan"ni tashkil etish borasida ish olib bormoqdamiz.

Ayni paytda "Milan" ko'rsatayotgan o'yindan noroziman. Biz vaziyatni o'zgartirishimiz lozim.

Balotellining "Atalanta"ga qarshi o'yinda biroz omadi kelmadi. U yuqori potencialga ega futbolchi.

Men jamoaga muxlislardan ham ko'proq jon kuydiraman, chunki, klub uchun pulni men ajrataman", - deydi Berluskoni.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru