

Uchrashuv so'nggi daqiqalarida ortirilgan jarohat jiddiy bo'lib chiqqanligi bois Berdimurodovni ma'lum muddatga safdan chiqqanligi oydinlashgandi. Elka qismidagi bir nechta sinish kuzatilganligi bois Berdimurodovga gips qo'yilgandi. Kuni-kecha Rahmatillodan gipsni olinganligi jamoamiz shifokori Bahodir Abdug'aniev bizga ma'lum qildi. Bugun esa Berdimurodov yakka tartibda shug'ullanishga ham ulgurdi. Ayni paytda uyida bo'lib turgan futbolchining holatini yaxshilanib borayotganligini aytib o'tish joiz. Agarda hammasi reja asosida kechadigan bo'lsa himoyachi ikkinchi davradan maydonga tushish imkoniyatiga ham ega bo'lishi mumkin. Ayni paytda futbolchini to'liq sog'ayib safga qaytishi borasida aniq bir fikr bildirish mushkul.



