Berbatov: "Liverpul" mavsumni "Chelsi"dan yuqorida tugatadi"

Mirjalol Normatov
26 iyul 2018
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Dimitar Berbatov APLning yangi mavsumidagi kuchli to'rtlik qanday ko'rinish olishini taxmin qildi.

"Top-4? Huddi o'tgan mavsumdagidek, "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Tottenxem" klublari. Chempion kim bo'lishini bilmayman, ammo kuchli to'rtlik shunday ko'rinish olsa kerak.

Yangi murabbiy "Chelsi"ga qanchalik effekt bera olishini bilmayman. Biroq "Liverpul" mavsumni "Chelsi"dan yuqorida tugatadi", - dedi Berbatov.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail