Benzema safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
5 dek 2021, 10:39
"Real" hujumchisi Karim Benzema "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.

33 yoshli francuz uchrashuvning 17-daqiqasidayoq jarohat oldi va uning o'rniga Luka Yovich maydonga tushdi. Karim chap oyog'i son qismi mushaklaridan jarohat orttirib olgan bo'lishi mumkin.

Ushbu mavsumda Benzema 20 o'yinda 17 gol va 8 assist qayd etdi.




O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca