Benzema Ronaldo va Romarioning surati orqali Mbappening "Real"ga o'tishiga shama qildi

Aziz Tukhtamuradov
27 avg 2021, 08:53
"Real" futbolchisi Karim Benzema Kilian Mbappening transferiga shama qildi.

Fransiyalik futbolchi tvitterga Ronaldo va Romarioning suratini joylashtirdi - braziliyalik futbolchilar tandemi 90-yillardagi eng kuchli hujumchilar juftligi deb etirof etilardi. 

"Shuning uchun ham men futbolni yaxshi ko'raman", - deb izoh qoldirgan Benzema surat ostiga. 

Mbappe va Benzema Fransiya terma jamoasida to'p tepishadi. Endi ular bitta klub sharafini himoya qilishga yaqin. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/Benzema