Benzema qaysi klubni dunyoning eng yaxshi jamoasi deb biladi?

Sherzod Nurmatov
2 okt 2021, 22:42
"Real Madrid" hujumchisi Karim Benzema er sayyorasidagi eng yaxshi klub nomini aytdi.

"Real" hamon dunyoning eng kuchli jamoasi. Qayta qurishni boshdan kechirayotganimiz hech nimani anglatmaydi. Shunchaki yangi futbolchilar kelishadi, ammo bu holatga ta’sir qilmaydi", – dedi Benzema. 

Takidlash joizki, "qaymoqranglilar" o'tgan mavsumda birorta kubokni qo'lga kiritishmadi.

33 yoshli Benzema 2009 yildan buyon "Real"da o'ynamoqda. U joriy mavsumda 9 o'yinda 9 ta gol urdi va 7 ta golga uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe